Sayt test rejimida ishlamoqda Сайт работает в тестовом режиме. The site works in a test mode.
  • Tashkent city

    Yunusobod tumani 13-mavze 49 B

  • Email

    talimtaminot@mail.ru

Helpline

55 501-24-44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3550-son qarori asosida 2021-yilda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun mebel jihozlari, sport anjomlari, texnik vositalar va boshqa  jihozlarni hamda 2021-2022-o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilishi rejalashtirilayotgan o‘quvchilar va uzoq vaqt davolanishga muhtoj uyda yakka tartibda ta’lim oladigan bolalarga o‘quv qurollari xarid qilish bo‘yicha tender savdolari yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevraldagi 42-son va 6-apreldagi 106-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tender savdolarida g‘olib bo‘lgan korxonalar bilan joriy yilning 28-30-iyun kunlari shartnomalar imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarori asosida 2021-yilda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolari yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 11-fevraldagi 32-son buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun darsliklar xarid qilish bo‘yicha Tender komissiyasining 2021-yil 25-may, 14-iyun va 19-iyuldagi yig‘ilish bayonlari bilan 35 nomda darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etish hamda yetkazib berish bo‘yicha g‘olib korxonalar aniqlandi.

Tender komissiyasining yig‘ilish bayonlari shartnomalar tuzish uchun Xalq talimi vazirligiga kiritildi.