Tashkent city
Yunusobod tumani 13-mavze 49 B
Yunusobod tumani 13-mavze 49 B
talimtaminot@mail.ru
Tender - davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usulidir. Bunda shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari bo‘yicha g‘olib deb topiladi. Davlat xaridi haqidagi axborotni davlat buyurtmachisi tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tender hujjatlarini maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali shaxslarning cheklanmagan doirasiga ma’lum qiladi.
Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash bo‘yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravaridan ortiq miqdorni tashkil etadi. Budjet buyurtmachilari uchun tenderdagi davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 6 000 baravaridan ortiq summani tashkil etishi kerak.