Sayt test rejimida ishlamoqda Сайт работает в тестовом режиме. The site works in a test mode.
  • Tashkent city

    Yunusobod tumani 13-mavze 49 B

  • Email

    talimtaminot@mail.ru

Helpline

55 501-24-44

Oʼtayotgan har bir daqiqamiz bizni Yangi 2022 yil tomon yaqinlashtirmoqda. Jonajon serquyosh goʼzal va betakror yurtimizning barcha hududlarida bayram shukuhi hukmron. Yangi yil bayramini kelajagimiz vorislari boʼlgan jajji bolajonlarimiz murgʼak qalblarida quvonch va oʼzgacha hayajon bilan kutib olishadi. Аyniqsa ushbu quvonchli daqiqalarda Prezident sovgʼasini olgan har qanday yoshlarimizning dillari yanada yashnab, ona Vatanga boʼlgan mehr muhabbat tuygʼulari yanada yuksalishi tabiiy. Аna shu maqsadda Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Oʼquv taʼlim-taʼminot” davlat muassasasi tomonidan ham oʼquvchi yoshlarimizga eng qadrli va quvonchli boʼlgan Prezident sovgʼasini ulashish uchun qizgʼin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, korxonada tadbirkorlar oʼrtasida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlagan holda davlat xaridlari oʼtkazildi. Oʼtkazilgan xaridlarda gʼoliblikni qoʼlga kiritgan korxona mahsulotlari maxsus komissiya tomonidan davlat standartlariga toʼliq javob berishi tasdiqlandi.
Sovgʼalarni Respublika boʼyicha Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-onadan qarovsiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʼlida qurbon boʼlganlar bolalari, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga berish rejalashtirildi. Shundan 8172 nafar 12 yoshgacha boʼlgan maktab oʼquvchilari uchun jami 21 turdagi turli xil shirinliklar hamda oʼquv qurollari, 1225 nafar 18 yoshgacha boʼlgan oʼquvchilar uchun oʼqishlarida va kelgusi mustaqil hayotlarida kerak boʼladigan planshet, termos, ryukzaklar sovgʼalar qatoriga kiritildi. Аyniqsa sovgʼalar bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Аziz farzandim deb murojaat qilgan tabriknomasini qabul qilib olishlari yoshlarimizga Yangi yilga munosib sovgʼa boʼladi. Bu esa oʼz navbatida oʼquvchi yoshlarimizning qalblariga olam-olam quvonch, shodlik va koʼtarinki kayfiyat baxsh etishi tabiiy.