Sayt test rejimida ishlamoqda Сайт работает в тестовом режиме. The site works in a test mode.
  • Tashkent city

    Yunusobod tumani 13-mavze 49 B

  • Email

    talimtaminot@mail.ru

Helpline

55 501-24-44

Respublikamizda 2022 yil „Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili“ deb eʼlon qilindi. Аyniqsa ayolni ulugʼlash, oilada tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish, xotin-qizlarga hurmat-eʼtibor, ularning taʼlim va kasbiy koʼnikmalarini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, koʼrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini, sogʼlom turmush tarzini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga koʼtarildi.
Davlatimiz tomonidan ayollarga eʼtiborni kuchaytirish oilada, ish joylarida, mahallalar hayotidagi ishtirokini oshirish borasida olib borilayotgan keng koʼlamli ishlarga amal qilgan xolda Xalq taʼlimi vazirligining “Oʼquv taʼlim-taʼminot” davlat muassasasi jamoasi ham nafislik, goʼzallik, ezgulik bahor bayramida ayollarga hurmat va ehtirom bildirish maqsadida Respublikamizdagi barcha ayollarni shu bilan birga maorif sohasida xizmat qilib kelayotgan barcha munis xotin-qizlarni 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan “Maʼrifat” va “Uchitel Uzbekistana” gazetalari orqali muborakbod etib, oʼz tilaklarini bildirdilar.
Tashkilotda “Аyol borki, olam munavvar” mavzusida bayram kechasi uyushtirildi. Ertalabdan ayollar uchun keltirilgan atirgullar ifori xonalarga taraldi. Bayramona yasatilgan majlislar zalida tashkilotchi xodimlarning koʼli qoʼliga tegmaydi. Taklif qilingan mehmonlar va ayollarimizni tabriklash uchun barcha sharoit taxt qilib qoʼyilgan.
Bayram tadbirini ochgan “Oʼquv taʼlim - taʼminot” davlat muassasasi rahbariyati mehmonlarni va markaziy apparatida mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarni bahor bayrami – 8 mart ayyomi bilan qutladilar.
Аyolni eʼzozlash, ayolga ehtirom koʼrsatish xalqimizga xos olijanob qadriyatlardan biri hisoblanadi. Shu sababli ayollarni ezgu fazilatlari , mehr-oqibat va sadoqatlari uchun ularga minnatdorchilik bildirildi.
Ona, ayol, sevgi muhabbatni tarannum etuvchi kuy qoʼshiqlar yangradi, qoʼshiqlar raqslarga ulanib ketdi. Tadbir soʼngida xotin-qizlarga guldasta va esdalik sovgʼalari topshirildi.