Sayt test rejimida ishlamoqda Сайт работает в тестовом режиме. The site works in a test mode.
  • Tashkent city

    Yunusobod tumani 13-mavze 49 B

  • Email

    talimtaminot@mail.ru

Helpline

55 501-24-44

«Bugun.uz»da Xalq taʼlimi vazirligi salkam 4 milliard soʼmga Elektron taʼlim tizimini yaratishga buyurtma bergani, tender gʼolibi «Inova Solution» MChJning yagona raqibi boʼlgan «Tradein» MChJ bilan bir manzilda joylashgani haqida xabar berilgandi. Maqoladan soʼng ishni oʼrgangan Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tenderni bekor qildi.

Аgentlik xabarida quyidagicha yozilgan:

«‘Bugun.uz Telegram kanalida 2021 yil 16 noyabrь kuni ‘XTV salkam 4 milliard soʼmga Elektron taʼlim tizimini yaratishga buyurtma berdi nomi ostida joylashtirilgan post boʼyicha holat Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʼrganildi. Postda umumiy qiymati 3 milliard 618 million soʼmni tashkil qilgan mazkur tenderda faqat bir manzilda joylashgan ikki firma ishtirok etgani qayd etilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan oʼrganishlarga koʼra, Xalq taʼlimi vazirligi (XTV) qoshidagi ‘Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi DUK buyurtmachiligida ‘e.tender.uzex.uz portalida 2021 yil 3 noyabrь kuni elektron taʼlim yagona tarmogʼi uchun kommunikatsion va server qurilmalari yetkazib berish uchun eʼlon joylashtirilgan. Tenderda ‘Inova Solution MChJ va ‘Tradein MChJ taklif bilan qatnashgan, yakunda ‘Inova Solution MChJ gʼolib deb topilgan.

Аniqlanishicha, haqiqatan ham, tenderda ishtirok etgan ikki firma bir manzilda, yaʼni Navoiy koʼchasi, 24-uyda joylashgan, shuningdek, ularning taʼsischi va rahbarlari oʼzaro affillangan shaxs hisoblanadi. Аmmo buyurtmachi tomonidan ayni jihatlarga toʼgʼri baho berilmagan. Natijada tender oʼtkazilishida Oʼzbekiston Respublikasining ‘Davlat xaridlari toʼgʼrisidagi hamda ‘Raqobat toʼgʼrisidagi qonunlarida belgilangan talablar qoʼpol ravishda buzilgan. Shu bois agentlik tomonidan buyurtmachiga tenderni bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnomani koʼrib chiqish natijasiga koʼra, XTV qoshidagi ‘Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi DUK buyurtmachiligida berilgan ushbu tenderning oʼrnatilgan tartibda bekor qilinishi taʼminlandi».