Sayt test rejimida ishlamoqda Сайт работает в тестовом режиме. The site works in a test mode.
  • Tashkent city

    Yunusobod tumani 13-mavze 49 B

  • Email

    talimtaminot@mail.ru

Helpline

55 501-24-44

Xalq taʼlimi vazirligining Oʼquv Taʼlim Taʼminot korxonasi tomonidan bu borada keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda zamon talablariga mos ravishda oʼquv jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tadbirkorlar oʼrtasida tender oʼtkazilgan edi. Ochiqlik, oshkoralik va shaffof tarzda qonunchiligimizga mos ravishda oʼtkazilgan tenderda gʼolib boʼlgan tadbirkorlar tomonidan ayni damda ishlar jadal surʼatda olib borilmoqda. Korxona rahbari Yashin Sultonov Sirdaryo viloyatiga amaliy tashrifi jarayonida tender gʼoliblari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni koʼzdan kechirish bilan bir qatorda, investitsiya dasturi asosida toʼliq qayta taʼmirdan chiqarilgan Boyovut tumanidagi 40-oʼrta umumtaʼlim maktabida ham boʼldi. Oʼrganishlar davomida masʼullarga kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar yuzasidan zaruriy koʼrsatma va tavsiyalar berdi. Zamonaviy oʼquv jihozlari bilan toʼliq jihozlangan ushbu taʼlim maskani yoshlarimizga yangi oʼquv yilida Istiqlolimizning 30 yilligiga munosib tuhfa boʼladi desak, mubolagʼa boʼlmaydi.