Sayt test rejimida ishlamoqda Сайт работает в тестовом режиме. The site works in a test mode.
  • Tashkent city

    Yunusobod tumani 13-mavze 49 B

  • Email

    talimtaminot@mail.ru

Helpline

55 501-24-44

“Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 5-iyuldan tegishli (24 ta) korporativ buyurtmachilar:

  • davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar va davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portali hamda OAVda joylashtiradi;
  • tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati BHMning 25 ming baravari (6,125 milliard so‘m) miqdoridan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritadi.

Shuningdek, mazkur korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Prezident va hukumat qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki tender savdolarini o‘tkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.

Qarorga ko‘ra:

  • yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi;
  • ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimi joriy etiladi.

Qaror bilan, shuningdek, Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Shu bilan birga, davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari alohida tartibda nazorat qilinadigan ayrim korporativ va budjet buyurtmachilari ro‘yxati ham tuzilgan:

Foto: Telegram / “Huquqiy axborot”

Avvalroq Buxorodagi budjet tashkilotlaridan biri deyarli 65 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini tendersiz amalga oshirgani, Urganch tumani SEO tomonidan o‘tkazilgan tenderda rahbarning ukasiga tegishli korxona g‘olib chiqqani, “Trest-12” Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosini tendersiz ta’mirlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.