Sayt test rejimida ishlamoqda Сайт работает в тестовом режиме. The site works in a test mode.
  • Toshkent shahar

    Yunusobod tumani 13-mavze 49 B

  • Elektron pochta

    talimtaminot@mail.ru

Ishonch telefoni

55 501-24-44

2021 yil 14 oktabr kuni oldindan maxsus axborot portaliga berilgan e’longa ko‘ra Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim - ta’minot” davlat unitar korxonasi tomonidan kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashgan va umumta’lim maktablari uchun mebel, o‘quv – laboratoriya asbob- uskunalari va boshqa jihozlar bo‘yicha tender savdolari o‘tkazildi. Davlat xaridlari qonunchiligida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarid komissiyasi, mustaqil xizmat ko‘rsatuvchi konsalting korxona xodimlari, ekspert komissiyasi, korxona rahbari va xodimlaridan tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan davlat xaridlarining asosiy prinsiplari: kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik; asoslanganlik; moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi; ochiqlik va shaffoflik; raqobat va xolislik; mutanosiblik; davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi; korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka asoslangan holda amalga oshirildi.

Eng yaxshi taklif (takliflar) - xarid qilish tartiblariga ko‘ra bir nechta ishtirokchidan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli bilan tanlandi.

G‘olib (g‘oliblar) esa - xarid qilish tartiblari yakunlariga ko‘ra taklifi eng maqbul deb topilgan ishtirokchiga berildi..

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunning asosiy maqsadi tadbirkorlar o‘rtasida raqobatni rivojlantirib, xalqimizga eng sifatli va eng arzon mahsulotlarni yetkazib berishdan iborat.

Bizning maqsadimiz va asosiy vazifamiz esa umumta’lim maktablarni va kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni eng qulay va zamonavy jihozlar bilan ta’minlash va yetkazib berishdir.

Hurmatli tadbirkorlar bizning saytlarimizda va maxsus axborot portalida e’lon qilinadigan tender sotuvlarini kuzatib boring, mahsulotlaringizni sotuvga qo‘yishda hamda hamkorlik qilishga tayyormiz!