Sayt test rejimida ishlamoqda Сайт работает в тестовом режиме. The site works in a test mode.
  • Toshkent shahar

    Yunusobod tumani 13-mavze 49 B

  • Elektron pochta

    talimtaminot@mail.ru

Ishonch telefoni

55 501-24-44

Biz haqimizda

“O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi Vazirlikning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalar va o‘quvchilar ehtiyojlari uchun zarur jihozlar, o‘quv qurollar va boshqa tovarlar bilan davlat xaridlari orqali qisqa muddatda moliyaviy mablag‘lardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalangan holda ta’minlaydi.

“O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi quyidagi davlat xaridlari orqali xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari uchun barcha turdagi jihozlarni yetkazib beradi:

Elektron do‘kon - maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste’mol tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot portalidagi maxsus maydonchadir. Elektron do‘konda quyidagi davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin:

bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravaridan (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan) oshmaydigan, biroq bir yilda bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravari miqdordagi summadan ko‘p bo‘lmagan tovarlar;

bir davlat buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmaydigan miqdordagi ishlar, xizmatlar.

Auksion - davlat xaridlarining raqobatli usuli bo‘lib, uni tashkil etishda narx ishtirokchini tanlashning yagona mezoni bo‘ladi va bunda mazkur norma tovarlarni belgilangan sifat standartlariga muvofiq holda yetkazib berish talabini bekor qilmaydi. Tovarni e’londa bayon etilgan shartlar asosida eng past narx bo‘yicha yetkazib berishni taklif qilgan ishtirokchi auksionning g‘olibi bo‘ladi. Tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan kam bo‘lishi. Budjet buyurtmachilari uchun davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Tanlov - shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turidir. Davlat xaridi to‘g‘risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga ma’lum qilinadi.

Tovar qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan 25000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi;

xizmatlarning, ishlarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 25000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Budjet buyurtmachilari uchun tanlovdagi davlat xaridlari:

tovarning qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan 6000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi kerak;

ishlarning, xizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 6000 baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etishi kerak.

Tender - davlat xaridini ikki bosqichda amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili orqali ijrochini aniqlash usulidir. Bunda shartnomani bajarish bo‘yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan tender ishtirokchisi ushbu tartib-taomil natijalari bo‘yicha g‘olib deb topiladi. Davlat xaridi haqidagi axborotni davlat buyurtmachisi tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni va tender hujjatlarini maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali shaxslarning cheklanmagan doirasiga ma’lum qiladi.

Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash bo‘yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravaridan ortiq miqdorni tashkil etadi. Budjet buyurtmachilari uchun tenderdagi davlat xaridlari bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 6 000 baravaridan ortiq summani tashkil etishi kerak.